QR kod bilan davomat va avtomatik oylik hisob
2 ta magazinga ega tekstil korxonasi uchun QR kod asosidagi davomat tizimi yaratdik. Xodim skaner qiladi — dastur keldi-ketdi vaqtini qayd etadi, oyligini avtomatik hisoblaydi. 15 ish kunida bitdi.
Muammo
Ikkita magazinga ega tekstil korxonasida sotuvchilarning davomati va oyligi qo'lda hisoblanardi.
Muammolar:
- Xodim keldi-ketdisi qog'ozda yozilardi — xato va aldash ehtimoli bor
- Har oy qo'lda hisob-kitob kerak — qaysi kuni keldi, qaysi kuni kelmadi, kech kelgan kunlar
- Oylik ish kunlari soni har oyda farq qiladi (23, 24, 25, 26) — buni qo'lda hisobga olish kerak
- Rahbar har bir xodim uchun alohida hisoblash kerak edi
Yechim
QR kod asosidagi davomat va oylik hisob tizimi:
- Rotatsion QR kod — har bir skaner qilingandan keyin QR kod yangilanadi. Xodim aldab boshqa xodim nomidan skaner qila olmaydi.
- Avtomatik vaqt qayd etish — skaner qilsa, dastur qachon keldi va qachon ketganini o'zi biladi. Keldi/Ketdi tugmasini bosishga hojat yo'q.
- Oylik ish kunlari — dastur o'zi joriy oyning ish kunlari sonini aniqlaydi (23, 24, 25...) va oylikni shunga bo'ladi.
- Kech kelish ayirmasi — xodim kech kelsa, o'sha kunga bo'lingan summa avtomatik ayirib chiqariladi.
- Xodim statistikasi — istalgan oyni tanlasa bo'ladi: necha soat ishlagan, necha pul topgan, joriy to'langan summa.
- Rahbar paneli — barcha xodimlar bo'yicha oylik hisobot. Oylik berish uchun alohida hisoblash shart emas.
Jarayon
-
Tahlil (2 kun) — 2 ta magazin, sotuv xodimlari bilan uchrashuv. Joriy qog'oz jarayon xaritalash.
-
Loyihalash (2 kun) — rotatsion QR algoritmi, davomat modeli, oylik hisob formulasi.
-
Ishlab chiqish (9 kun) — xodim va admin interfeyslari, QR skaner moduli, statistika.
-
Sinov va joriy etish (2 kun) — real QR kodlar bilan sinov, xodimlarni o'qitish.
Jami: 15 ish kuni.
Natija
✅ Aldash imkoni yo'q — QR kod har safar yangilanadi, boshqa xodim skaner qila olmaydi.
✅ Oylik avtomatik hisoblanadi — rahbar bitta tugmani bosib, har bir xodimning oyligini ko'radi.
✅ Kech kelish avtomatik ayiriladi — qo'lda hisoblashga hojat yo'q.
✅ 2 ta magazin bitta tizimda — har bir do'kon uchun alohida QR, bitta admin panel.
✅ Boshqa tizimlarga ulanadi — bu modul mavjud CRM yoki ERP tizimga qo'shimcha sifatida ulansa bo'ladi.
“Endi oylik hisoblash uchun soatlab o'tirmaymiz. Dastur o'zi hisoblab beradi, biz faqat ko'ramiz.”
Tekstil korxonasi rahbari
HR & Moliya
Savdoyingizni 5x–10x o'stiring
Korxonani raqamlashtirish orqali savdoyingizni karrasiga o'stirishga yordam beramiz
Batafsil