Karib orollarida kurort qurilishi: Google Sheets ni 3 kunda almashtirdik
Sent-Vinsent orolida kurort quruvchi amerikalik mijoz uchun qurilish buyurtma boshqaruv tizimi yaratdik. 3 kunda bitdi. Boshqa kompaniya 3-4 oyda bitirishi mumkin edi.
Muammo
Karib dengizidagi Sent-Vinsent orolida amerikalik mijoz kurort qurmoqda. Bu orolda qurilish materiallari sotiladigan do'konlar yo'q — boshqa oroldan buyurtma qilib keltirishadi.
Muammo — bu murakkab ko'p bosqichli jarayon Google Sheets da yuritilardi:
- Qurilishchilar telefonda material so'rashadi
- Menejer Sheets ni telefonda ochib, yaqinlashtiradi, uzoqlashtirib, tartibga solishga urinadi — juda noqulay
- Ta'minotchilar WhatsApp orqali narx so'raladi
- Buyurtma qilinadi, kema bilan yuboriladi
- Boshqa orolga yetib kelganda qabul qilinadi
- Bu jarayonda yo'qolishlar, xatolar, aniqsizliklar ko'p
Yechim
Ko'p rolli qurilish buyurtma boshqaruv tizimi:
- Xodim roli — material kerakligini bildiradi, mahsulotni qidiradi, sonini kiritadi, ta'minotchilar narxlarini ko'radi, izoh qo'shadi.
- Rahbar roli — buyurtmani tasdiqlaydi yoki rad etadi. Barcha buyurtmalar holati (kutilmoqda, tasdiqlangan, jarayonda, buyurtma qilindi, kemaga tashildi, qabul qilindi) ko'rinadi.
- Menejer roli (boshqa orol) — tasdiqlangan buyurtmalarni WhatsApp uchun ro'yxat shaklida nusxa oladi, ta'minotchilarga yuboradi, narxlarni kiritadi, kemaga chiqaradi.
- Qabul qiluvchi roli — material kelganda rasmga oladi, qabul qiladi. Brak yoki yo'qolgan mahsulotni qayd etadi.
- To'liq tarix — har bir buyurtmaning kim, qachon, qaysi statusdan qaysi statusga o'tkazganini ko'rsa bo'ladi.
Jarayon
-
Tahlil (yarim kun) — video-qo'ng'iroq orqali jarayonni tushunish.
-
Loyihalash (yarim kun) — 4 ta rol, status oqimi, ma'lumotlar modeli.
-
Ishlab chiqish (2 kun) — barcha rollar uchun alohida ekranlar, status boshqaruvi, rasm yuklash, nusxa funksiyasi, tarix.
-
Test va topshirish (yarim kun).
Jami: 3 ish kuni. Boshqa kompaniya 3-4 oyda bitirishi mumkin edi.
Natija
✅ 3 kunda tayyor — boshqa IT kompaniyalar 3-4 oy olgan bo'lardi.
✅ Google Sheets dan xalos — mobil-do'stona interfeys, 2-3 klik bilan jarayon bitadi.
✅ Ko'p orollik jarayon to'liq raqamlashtirildi — buyurtma → tasdiq → sotib olish → kema → qabul.
✅ Yo'qolish va xatolar kamaydi — rasm tasdiqi va to'liq tarix sababli javobgarlik aniq.
✅ WhatsApp integratsiyasi — ta'minotchi narx so'rovi uchun ro'yxat bir tugmada nusxa olinadi.
“We were struggling with Google Sheets on a construction site. DATA365 built exactly what we needed in just 3 days. Incredible speed.”
St. Vincent Resort
Project Manager
Savdoyingizni 5x–10x o'stiring
Korxonani raqamlashtirish orqali savdoyingizni karrasiga o'stirishga yordam beramiz
Batafsil