Klining korxonasi uchun CRM — kunlik 2-3 soat tejaldi
Klining korxonasi uchun maxsus CRM tizimi yaratdik. Har bir buyurtma bo'yicha xarajat hisobi, xodim ulushi, Telegram hisobotlar — barchasi avtomatik. Admin kechqurun soat 10-11 gacha qolishdan xalos bo'ldi.
Muammo
Korxona rahbari har kuni soat 10-11 gacha ishda qolar edi. Sababi — kuniga 3 ta buyurtma bo'lsa, har biri uchun alohida hisob-kitob qilish kerak:
- Yoqilg'i xarajati qancha?
- Xodimga avans necha pul berildi?
- Tozalash vositalari uchun necha pul ketdi?
- Xodimning ulushi qancha?
Oy davomida 75 ta buyurtma × har biri uchun 2-3 soat = rahbarning deyarli butun ish vaqti hisobot va hisob-kitobga ketib ketardi. Hafta oxirida esa tepadan rahbarlarga hisobot tayyorlash kerak edi.
Yechim
Klining korxonasi uchun maxsus CRM dastur qurildi:
- Mijozlar moduli — ismi, telefon, Telegram, manzil. Bir tugma bilan qo'ng'iroq, SMS yoki Telegram orqali muloqot.
- Buyurtma moduli — Yandex Navigator integratsiya (Toshkentda probkani hisobga oladi). Xizmat turi, maydoni, narxi — dastur o'zi ish haqini hisoblab chiqaradi.
- Telegram bildirishnomalar — yangi buyurtma tushganda brigadir guruhiga avtomatik xabar ketadi: mijoz ismi, manzil, xizmat turi.
- Xodim ulushi — foiz asosida har bir xodimning ulushi avtomatik hisoblanadi, avans va balans ko'rinadi.
- Hisobotlar — buyurtma yopilganda sof foyda, xarajatlar, xodim ulushi rahbarga Telegramda ketadi. Haftalik va oylik statistika.
Jarayon
-
Tahlil (3 kun) — rahbar va brigadirlar bilan uchrashuv. Joriy qog'oz jarayonlar xaritalash.
-
Loyihalash (1 hafta) — mijoz, buyurtma, xodim modullari dizayni. Telegram bot arxitekturasi.
-
Ishlab chiqish (3 hafta) — barcha modullar, Yandex Navigator integratsiya, Telegram bot.
-
Sinov va joriy etish (3 kun) — real buyurtmalar bilan test. Xodimlarni o'qitish.
Jami: 25 ish kuni.
Natija
✅ Admin kunlik 2-3 soat tejaydi — hisob-kitob endi avtomatik, qo'lda sanash yo'q.
✅ Kechqurun soat 10-11 da uyda — endi ish vaqtida barcha hisoblar yig'iladi.
✅ Brigadirlar buyurtmani Telegramdan ko'radi — telefon qilishga hojat yo'q.
✅ Rahbarlar Telegram guruhida real vaqtda hisobot oladi — hafta oxirida alohida yig'ish kerak emas.
✅ Har bir xodimning oyligi to'g'ri hisoblanadi — avans va ulush avtomatik.
“Ilgari kechgacha qolib, hisob-kitob qilardim. Endi dastur o'zi hammani hisoblab beradi, men faqat natijani ko'raman.”
Klining korxonasi rahbari
Biznes egasi
Savdoyingizni 5x–10x o'stiring
Korxonani raqamlashtirish orqali savdoyingizni karrasiga o'stirishga yordam beramiz
Batafsil