Har kuni minglab O'zbekiston tadbirkorlari bir xil muammo bilan kurashadi.
Buyurtmalar Telegramda. Moliya Excelda. Xodimlar boshqaruvi — kim eslab qolsa shu bilan.
Bu avtomatlashtirish yo'qligi.
Va bu sizga har oy pul, vaqt va mijoz yo'qotmoqda.
Biznesni avtomatlashtirish nima?
Oddiy qilib aytganda — takrorlanadigan, qo'lda bajariladigan ishlarni tizim o'zi bajaradigan qilish.
Misol:
Yangi buyurtma keldi → tizim avtomatik qayd etadi
Xodim vazifasini bajardi → rahbar darhol ko'radi
Mijoz to'lovini o'tkazdi → hisobot avtomatik yangilanadi
Siz bularning birortasini qo'lda qilmaysiz. Tizim qiladi.
Nima uchun aynan hozir kerak?
O'zbekiston bozori tezlashmoqda.
Raqobatchilaringiz tizim qurmoqda. Agar siz qurmasangiz — ular tezroq ishlaydi, arzonroq xizmat beradi, ko'proq mijoz oladi.
Biz 5 yil davomida 150+ kompaniya bilan ishladik. Ularning barchasida bir xil manzara ko'rdik:
Tizim yo'q kompaniya — rahbarga bog'liq. Rahbar ketsa yoki kasal bo'lsa — biznes to'xtaydi.
Tizim bor kompaniya — jarayonlar ishlaydi. Rahbar dam olsa ham.
Real misollar — O'zbekistondan
Biz nazariya emas, haqiqiy natijalar haqida gapiramiz.
Vitana — suv yetkazib berish kompaniyasi
Muammo: Buyurtmalar qo'lda yozilardi. Har kuni 50+ qo'ng'iroq. Yo'qolgan buyurtmalar, noto'g'ri hisob-kitoblar.
Yechim: Maxsus ERP tizimi — buyurtmalar, yetkazib berish, moliya bir joyda.
Natija: Yiliga 108 million so'm tejaldi. Ish vaqtining 51% bo'shadi. Rahbar kuniga 50+ qo'ng'iroqdan xalos bo'ldi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Akademiyasi
Muammo: 120 talaba uchun haftalik hisobot tayyorlash 2 kun vaqt olardi. 2 xodim faqat shu ish bilan band edi.
Yechim: Avtomatik hisobot tizimi.
Natija: Xuddi shu hisobot endi 5 daqiqada tayyor. 512 marta tezroq.
Qashqadaryo maishiy texnika do'koni
Muammo: Nasiya mijozlari esdan chiqardi. To'lovlar kechikardi. Qarzlar nazorat qilinmasdi.
Yechim: Nasiya boshqaruv tizimi.
Natija: Yopilmagan qarzlar 40% kamaydi. Kelgusi oylar daromadi aniq ko'rinadigan bo'ldi.
Qaysi jarayonlarni avtomatlashtirish kerak?
Har bir biznes har xil. Lekin quyidagilar hamma joyda bo'lishi shart:
Savdo va mijozlar boshqaruvi — CRM
Ombor va inventar — WMS
Moliya va hisobot — ERP
Xodimlar va vazifalar — HR tizimi
Buyurtmalar va yetkazib berish — avtomatik jarayonlar
Hamma muammoingizni bittada, bir tizim bilan hal qilib yuborish qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Asta sekinlik bilan, bo'lmimma-bo'lim tizimlashtirib, raqamlashtirib borish kerak
Qancha turadi?
Bu savol har doim birinchi so'raladigan va haqli savol!
Qisqa javob — biznesingizga va muammongizga qarab.
Oddiy CRM — $500 dan boshlanadi. Murakkab ERP yoki maxsus tizim — $2,000 dan yuqori.
Lekin to'g'ri savol emas bu.
To'g'ri savol: Tizimsiz holda qancha yo'qotayapsiz?
Vitana misolida — yiliga 108 million so'm yo'qatoyatgan kompaniya edi. Tizim narxi? Bir oylik yo'qotishdan ham kam.
Qayerdan boshlash kerak?
Eng katta xato — hamma narsani bir vaqtda qilishga urinish.
Biz har doim shunday qilamiz:
Brifing — biznesingizni tushunish. Qaysi jarayon eng ko'p muammo keltirayotgani.
Taklif — aniq narx va muddat. Hech qanday noaniqlik yo'q.
Tizim — real vaqtda ko'rasiz, jarayon qanday qurilayotganini.
Topshirish — xodimlar o'qitiladi, tizim ishga tushiriladi.
O'rtacha muddat an'anaviy AyTi kompaniyalar taklifidan 5-10x tezroq, hotirjam bo'ling
Xulosa
Biznesni avtomatlashtirish — bu kechiktiradigan narsa emas, hoziroq harakatni boshlash kerak
Har kuni tizim bo'lmay ishlash — har kuni pul yo'qotish demak.
Biz data365 — 5 yildan beri O'zbekiston bizneslarini avtomatlashtirib kelamiz. 150+ kompaniya. Turli sohalar. Bir xil natija — vaqt va pul tejash.
Biznesingiz uchun qaysi tizim mos ekanligini bilmoqchimisiz?
👉 Bepul konsultatsiya → data365.uz
