Biz bilan birinchi marta gaplashadigan biznes egalari va top menejerlar bir xil savollarni berishadi:
- Qanchalik tez o'rnatib berasizlar?
- Eng arzoni necha pul?
- Falonchida bunchaku, sizlarda nega buncha?
Javobimiz doim samimiy: Biz o'zimizni eng tez deb bilmaymiz. Eng arzoni ham emasmiz va hech qachon bu borada raqobatlashmaymiz
Quyida nima uchun bundayligi va siz nega "eng arzoni" va "eng tezi" orqasidan quvmasligingiz haqida gaplashamiz
"Tez va arzon" mahsulotning asl bahosi
O'zbekiston bozorida 5 yildan oshiq faoliyat yuritayotgan bo'lsak bir xil holat ko'p marta takrorlanganini ko'rdik. Masalan, oddiy CRM.
Biznes egasiga CRM tizimi kerak. Ular eng arzonini qidirishadi va topishadi. Kompaniya keladi, dasturni bir necha kunda o‘rnatadi, pulni oladi va ketadi. Oradan bir necha oy o‘tgach, tizimdan hech kim foydalanmaydi. Uni qanday boshqarishni hech kim bilmaydi. Savdo jamoasi yana Telegram va Excel’ga qaytgan. Biznes egasi esa ham pulidan, ham vaqtidan ayrilgan, lekin holat o'zgarmagan.
Shu holat bir necha marta takrorlanganidan keyin ular bizga aloqaga chiqishadi
150 dan ortiq mijozlarga avtomatlashtirish va tizimlashtirish bo'yicha xizmat ko'rsatgan bo'lsak, ularni 80%i boshqa kompaniya yoki frilanserlar bilan ishlab bizga kelishgan. Ular allaqachon $2-3,000, ba’zan $5,000 dollar yoki undan ko‘proq pullarini tez va arzon tizim uchun sarflab ulgurishgan.
Bizni farqimiz qanday?
Bizga masalan hozir aloqaga chiqib, muammoingizni aytsangiz biz hech qachon ishni o'rnatishdan yoki joriy qilishdan boshlamaymiz
Muammoni asl mohiyatini tushunish uchun avval audit qilamiz. Ya'ni biznesingiz qanday holatda, savdo jarayonlari, hodimlar, sotuv va marketing qanday ishlayapti, hammasini to'liq ipidan ignasigacha o'rganib chiqamiz.
Odatda audit uchun 1 hafta vaqt ketadi. Ko'p kompaniyalar bunday qilishmaydi. Ular sizni nima xohlayotganingizni so'rashadi va shuni berishadi. Biz siz nima xohlayotganingizdan ko'ra sizga aynan nima kerakligini o'rganamiz va shuni beramiz
Auditdan so'ng sizni oldingizga mapping (yechim xaritasi) bilan boramiz va 3 soat davomida biznesingizda nimalar bo'layotgani, muammo va yechimlarini birga ko'rib chiqamiz.
Odatda mijozlarimiz bu vaziyatda o'zlari bilmagan muammolarni ko'rishadi va xayron qolishadi
Auditdan so'ng, sizga eng mos keladigan dastur yoki yechimni tavsiya qilamiz va o'rnatamiz.
Joriy etgandan so‘ng biz har bir xodimni o‘qitamiz. Shunchaki menejerni emas, tizim bilan ishlaydigan har bir kishini.
Biznesingizda nima bo‘layotganini real vaqtda ko‘rishingiz uchun maxsus dashboard’lar quramiz. Doimiy texnik yordam ko‘rsatamiz.
Biror narsa ishlamay qolsa yoki savol tug‘ilsa, biz javob beramiz. Uch kundan keyin emas, yettita xabardan keyin emas. Darhol javob beramiz.
Biz bilan 2021-yildan beri birga ishlayotgan mijozlarimiz bor. Chunki o‘rtadagi munosabat ishonchli va tizim qiymat berishda davom etmoqda.
Raqamlar gapirganda:
- O‘zbekiston boylab 150 dan ortiq biznesda joriy etilgan.
- 40 dan ortiq mijoz hali ham oylik obuna asosida biz bilan ishlamoqda — majbur bo‘lgani uchun emas, balki tizim foyda keltirayotgani va biz uni takomillashtirishda davom etayotganimiz uchun.
- 98% muvaffaqiyatli joriy etish ko‘rsatkichi.
Biz kimlar uchun EMASMIZ?
Bu borada ochiqchasiga aytishni afzal ko'ramiz:
1. Agar sizga 48 soat ichida tizim kerak bo‘lsa — biz siz uchun emasmiz.
2. Agar sizga doimiy yechimdan ko'ra narxi ko'proq ahamiyatli bo'lsa — biz siz uchun emasmiz.
3. Agar sizga shunchaki dasturni o‘rnatib, g‘oyib bo‘ladigan mutaxassis kerak bo‘lsa — biz siz uchun emasmiz.
Biz kimlar UCHUNMIZ?
1. Siz avval CRM o‘rnatib ko‘rgansiz va u ish bermagan. Muammo dasturda, kompaniyada yoki jamoangizda ekanligini bilmaysiz — va yechim taklif qilishdan oldin kimdir buni xolisona tahlil qilishini xohlaysiz.
2. Yoki biznesingiz o‘sib bormoqda va tartibsizlik yanada tezroq o‘smoqda. Telegram va Excel endi yetarli emas. Nimadir o‘zgarishi kerakligini bilasiz, lekin aynan nima va qanday qilishni tushunmayapsiz.
3. Yoki sizda aniq operatsion muammo bor — har kuni vaqtingiz va pulingizni yo‘qotayotgan jarayon. Yechim qurishdan oldin kimdir bu jarayonni tubdan tushunishini istaysiz.
Ushbu holatlarning barchasida — mijozlarimiz kabi bizga ishonch bildirsangiz bo'ladi.
Siz qo‘ng‘iroq qiladigan oxirgi kompaniya
Biz bu da’voni shunchaki aytayotganimiz yo‘q. Buning ortida 5 yillik tajriba, 150 dan ortiq loyihalar va biz bilan qolgan sodiq mijozlar turibdi.
Biz tizimni joriy qilsak, uni bir marta va to‘g‘ri bajaramiz. Biz sizga so‘ragan narsangizni emas, balki sizga haqiqatda kerak bo‘lgan, qurish eng oson bo‘lgan emas, balki biznesingiz uchun eng foydali bo‘lgan yechimni beramiz.
Agar biznesingiz shunday hamkorlikka tayyor bo‘lsa — keling, maslahatdan (konsultatsiya) boshlaymiz.
Vaziyatingizni xolisona audit qilamiz. Agar biz sizga mos kelsak — buni aytamiz. Agar mos kelmasak — buni ham ochiq bildiramiz.
Bepul konsultatsiyaga yoziling → data365.uz