Ulashish

Ulashish

Maqola

tomonidan chop etildi

“Qimmat dizaynli sayt shartmi?” — eng ko‘p beriladigan savollarga qisqa javoblar

“Qimmat dizaynli sayt shartmi?” — eng ko‘p beriladigan savollarga qisqa javoblar

“Qimmat dizaynli sayt shartmi?” — eng ko‘p beriladigan savollarga qisqa javoblar

“Qimmat dizaynli sayt shartmi?” — eng ko‘p beriladigan savollarga qisqa javoblar

7 daqiqa

17 May, 2025

17 May, 2025

Ulashish

Maqsad — sotadigan saytni tez va keraksiz xarajatsiz ishga tushirish.

“Qimmat dizaynli sayt shartmi?”

Yo‘q. Sotadi — mos taklif, aniq shartlar va ishonch. Saytning vazifasi: mijozning savollariga o‘sha sahifada javob berish va uni harakatga undash. Chiroyli animatsiya ko’rkam, lekin “buyurtma” tugmasini bosdiradigan — mazmun.

“Nimani qo‘yish kerak — sotadigan saytning o‘zi nima?”

  • Sarlavha: mijozning asosiy og‘riqini bir jumlada tuting (“3 kunda tayyor internet-do‘kon: to‘lov, yetkazish, CRM ulangan”).

  • Taklif: nima qilasiz, qancha vaqt, qancha turadi, natija qanday.

  • Harakatga chaqiriq: bitta aniq tugma (“Bugun suhbatga yoziling”).

  • Ijtimoiy isbot: mijoz fikrlari, raqamlar, kafolat (“agar 14 kunda ishga tushmasa — xizmat bepul”).

  • E’tirozlarni yoping: muddat, narx, texnik savollar, xizmat ko‘rsatish.

  • Bonus / dedlayn: kichik motivator (“bugun yozilsangiz — yetkazish modulini bepul ulaymiz”).

Mahalliy bozor uchun qo‘shimcha: tayyor CRM (Bitrix24, AMOCRM) va online-do‘kon modullarini bog‘lab, tez start berish mumkin. Ko‘p IT jamoalar no-code platformada qurib, kerak joyida kod qo‘shib performance’ni ushlab turadi.

“Tezlik dizayndan muhimmi?”

Ha. Bozorda testni erta boshlagan yutadi. No-code yordamida 1–3 kunda landingni ochib, reklamani yoqasiz — keyin ma’lumotga qarab optimizatsiya. Dizaynni keyin ham chiroyli qilamiz; avval — sotish.

“Reklama, SEO, retargeting — nimaga ko‘p ishlamaydi?”

Bu usullar kuchaytiradi. Sahifa sotmasa, kuchaytiradigan hech narsa yo‘q.

  • Qimmat reklama — foydasiz agar taklif noaniq.

  • SEO topga kirsa ham — javob yo‘q bo‘lsa, chiqib ketish ko‘p.

  • UX chiroyli — lekin “nega hozir bosishim kerak?” savoliga javob shart.

  • Retargeting — faqat sahifa birinchi bor “ushlagan” bo‘lsa, samara beradi.

Mini-misol (mahalliy)

“7 kunda internet-do‘kon + Click/Payme to‘lov + kuryer yetkazish integratsiyasi. Agar muddatdan oshsa — xizmat bepul.”

Bu — relevant kafolat. O‘quvchi shuni ko‘rishi bilan: “Menda aynan shu kerak!” deydi.

“Qanday qilib shu haftada ishga tushiramiz?”

  1. Savollar ro‘yxati: narx, muddat, to‘lov, integratsiya, kafolat — hammasiga javob yozing.

  2. Sahifa tuzilmasi: sarlavha → taklif → tez CTA → ijtimoiy isbot → e’tirozlar → bonus.

  3. No-code’da qurish: tayyor bloklar, CRM ulash, forma va chatbot. Kerak joyda kod bilan tezlikni mustahkamlash.

  4. Test va o‘lchov: 3–5 variant sarlavha/CTA. Bitta g‘olibni kengaytiring.

Telegram kanalimizga obuna bo’lishni unutmang!

Telegram kanalimizga obuna bo’lishni unutmang!

Telegram kanalimizga obuna bo’lishni unutmang!

Obuna bo’lish

Savdoyingizni 5x-10x o’stiring

Savdoyingizni 5x-10x o’stiring

Korxonani raqamlashtirish orqali savdoyingizni karrasiga o’stirishga yordam beramiz

Korxonani raqamlashtirish orqali savdoyingizni karrasiga o’stirishga yordam beramiz

Batafsil