
Gap shunda: kuchli custom do‘kon zo‘r, lekin ko‘pchilik o‘rta texnik saviyali bizneslar uchun birinchi qadam sifatida u eng to‘g‘ri yo‘l bo‘lmasligi mumkin.
Avval savol beramiz: rostdan ham kerakmi?
Savol: Sizda marketing byudjeti va mijoz topish rejasi bormi?
Javob: Bo‘masa, ideal sayt ham yordam bermaydi. Muammo — trafik va CAC (bitta mijozni olib kelish narxi).
Savol: Bir necha oy davomida mahsulot jamoasini moliyalashtira olasizmi
Javob: Sifatli do‘kon — dizayn, dasturchilar, analitika, integratsiyalar (ombor, CRM, to‘lov, yetkazib berish), test va texnik xizmat. Xarajatlar — savdo boshlanmasidan oldin ham yig‘ilib ketadi.
“Xarajatlar” tuzog‘i
Custom do‘kon = noyob dizayn + murakkab integratsiyalar + avtomatlashtirish:
Yuqori boshlang‘ich pul.
Doimiy oylik xarajatlar (qo‘llab-quvvatlash, xosting, funksiyalar, tahlil).
Ichki tartib: katalogni to‘g‘rilash, qoldiqni nazorat, logistika, mijozlarga xizmat.
Hatto “tez” deb o‘ylagan loyiha ham haftalar-oylar oladi. Pul hisoblagich to‘xtamaydi.
“Trafik” tuzog‘i
Mijoz topish yildan yilga qimmatlashmoqda. Kerak bo‘ladi:
Brend strategiyasi (nega sizni tanlashsin).
Funnel, kontent, retargeting, email/SMS, aksiya.
Kanal testlari va scale uchun byudjet.
Bir-ikki savdo — muammo emas; arzon va takrorlanadigan o‘sish — muammo.
Kimga to‘liq custom shart?
B2B murakkab narx/ombor oqimlari bilan — do‘kon ichki kuchli ish quroliga aylanadi.
Brend yo‘lida uzoq o‘ylaydiganlar — identiteti va kontenti bor, trafikni ko‘paytirishni biladi.
Ko‘p hududli retail — do‘kon butun tizimning bir bo‘lagi (filiallar + markaziy ombor + yetkazib berish).
Aql bilan boshlash
Avval marketplace-larda soting, kartochkalarni tartibga keltiring.
Oddiy do‘konni no‑code builderda oching; CRM va to‘lovni ulang; keragigina qo‘shing.
O‘sish va ROI ko‘rinsa, keyin shablonli/modulli platformaga o‘ting, so‘nggina haqiqatan kerak bo‘lgan joylarga custom qo‘shing.
Maslahat: mahalliy jamoalar ko‘pincha no‑code bilan tezlikka chiqadi, ozgina custom kod bilan esa tezlik va barqarorlikni mustahkamlaydi. Bu “yo bo‘ladi, yo bo‘lmaydi” emas.
Qachon custom qilishga “ha” deymiz?
Unit economics ishlayapti (CAC, LTV, marja joyida).
Platforma chegaralari bezovta qilyapti (ish jarayoni, tezlik, o‘ziga xos UX).
Marketing va productni doimiy yuritishga tayyorsiz.
Mini misol
1–2‑oy: Marketplace + oddiy do‘kon + CRM; kichik reklama testlari; katalog va yetkazib berishni tartibga keltiring.
3–4‑oy: Avtomatlashtirish (tark etilgan savatcha, omborga qaytganda xabar), sahifalarni tezlatish, landinglarni yaxshilash.
5‑oy+: CAC/LTV sog‘lom bo‘lsa va ish jarayoni barqaror bo‘lsa, rostdan kerak bo‘lgan custom funksiyalarni rejalang (tezlik, noyob checkout, ERP integratsiyalar).
P.S. “Sayt qurdik — mijozlar o‘zlari keldi” degan afsona bor. Haqiqat: mijoz keladi, lekin arzon va barqaror kelishi uchun strategiya va pul kerak.
Tavsiya qilamiz



