Maqolani savol bilan boshlashni afzal ko'rdik.
- Siz biznes egasi, tadbirkor, bo'lim boshlig'i sifatida oxirgi dam olish kuningizni qanday o'tkazdingiz?
- Oxirgi sayohatingiz qanday o'tdi? Oxirgi marta qachon oilangizga vaqt ajratdingiz? Oila uyoqda tursin, o'zingiz qachon biror bir tibbiy ko'rikdan o'tdingiz?
Savollarni javobi ko'pincha 80-90% tadbirkor, menejerlarda bir xil. Dam olish kunisiz, ortiqcha vaqtsiz, halovatsiz...
Ya'ni ularsiz ish yurmaydi, ular ishni tepasida turishlari shart. Mijozga telefonda aloqaga chiqishdan tortib, tayyor mahsulot yoki xizmatni yetkazib berishgacha, hamma narsa ularga bog'langan.
Ish jarayoni telegram gruppalarda, moliya (agar sal kompyuterda xabari bo'lsa) uzog'i excelda yuritiladi, yoki blaknotda. Mijozlar miyyada.
Bir so'z bilan aytganda tizim yo'q.
"Tizimlashtirish, avtomatlashtirish" deganda ko'pchilik "bu katta kompaniyalar qiladigan ish, bizga blaknot ham bo'laveradi" deyishadi, lekin shu tizim yo'qligidan qancha yo'qotishayotganini hayollariga ham keltira olishmaydi
"Xop, nima o'zi u tizim" deb savol bersangiz, oddiy qilib aytganda — takrorlanadigan, qo'lda bir necha odam tomonidan bajariladigan ishlarni tizim o'zi avtomatik bajaradigan qilish.
Misol:
Yangi buyurtma keldi —> tizim avtomatik qayd etadi
Xodim vazifasini bajardi —> rahbar darhol ko'radi
Mijoz to'lovini o'tkazdi —> hisobot avtomatik yangilanadi
Siz bularning birortasini qo'lda qilmaysiz. Tizim qiladi.
Bu bilan navbatdagi muammo "keyin qilarman, hozircha shu yetadi" deyish
O'zbekiston tadbirkorlari juda tez rivojlanmoqda, tabiiyki bozor ham shunga mos tarzda o'smoqda, raqobat ko'paymoqda
Sizni raqobatchilaringiz tizim qurmoqda. Agar, hozirdan harakat qilmaydigan bo'lsangiz - ular tezroq ishlaydi, arzonroq xizmat ko'rsatadi, ko'proq mijoz topadi.
Buni biz 5 yillik tajribamizdan kelib chiqib aytyapmiz. Hozirgacha 150+ katta-kichik kompaniyalarda shunday muammolarni hal qilib keldik va kelmoqdamiz. Ular ichida mFaktor, Najot ta'lim, Iman kabi brendlar bor...
Deyarli hammasida umumiy manzara - bir mutaxassis yoki rahbarga bog'lanib qolganligi, hamma ishlar qo'lda yuritilishi, noaniqlik, ko'p vaqt sarfi va moliyaviy zarar
Boshqa holatda nima bo'ladi? Tizim ishlaydi - charchamasdan, xato qilmasdan, kasal bo'lmasdan, 99% aniqlikda
Real misollar — O'zbekistondan
Biz nazariya emas, haqiqiy natijalar haqida gapiramiz
1. Vitana — suv yetkazib berish kompaniyasi
Bizga muammo bilan aloqaga chiqishganida "yozuv-chizuvlarga vaqtimiz ko'p ketib qolyapti, shunga nimadir qilaylik" deyishdi. "Xop" dedik va odatiy tarzda kompaniyani audit qilishni boshladik. Natijalar shuni ko'rsatdiki, noto'g'ri hisob-kitoblar tufayli orada 18 litrli qadoqlar o'z-o'zidan yo'qaloyatganini va buni ortidan kompaniya yiliga 108 million so'm yo'qatoyotganini aniqladik
Quyidagicha yechim berdik: Maxsus, to'liq ERP tizimi — buyurtmalar, yetkazib berish, moliya, hisobot - hammasi bir joyda.
Natija: Yiliga 108 million so'm tejaldi (bizning xizmat haqqidan 3 barobar ko'p). Ish vaqtining 51% bo'shadi. Rahbar kuniga 50+ qo'ng'iroqdan xalos bo'ldi.
2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Akademiyasi
Muammo: 120 talaba uchun haftalik hisobot tayyorlash 2 kun vaqt olardi. 2 xodim faqat shu ish bilan band edi.
Yechim: Avtomatik hisobot tizimi.
Natija: Xuddi shu hisobot endi 5 daqiqada tayyor. 512 marta tezroq.
3. Qashqadaryo maishiy texnika do'koni
Muammo: Nasiya mijozlari esdan chiqardi. To'lovlar kechikardi. Qarzlar nazorat qilinmasdi.
Yechim: Nasiya boshqaruv tizimi.
Natija: Yopilmagan qarzlar 40% kamaydi. Kelgusi oylar daromadi aniq ko'rinadigan bo'ldi.
Qaysi jarayonlarni avtomatlashtirish kerak?
Har bir biznes har xil. Lekin quyidagilar hamma joyda bo'lishi shart:
Savdo va mijozlar boshqaruvi — CRM
Ombor va inventar — WMS
Moliya va hisobot — ERP
Xodimlar va vazifalar — HR tizimi
Buyurtmalar va yetkazib berish — avtomatik jarayonlar
Hamma muammoingizni bittada, bir tizim bilan hal qilib yuborish qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Asta sekinlik bilan, bo'lmimma-bo'lim tizimlashtirib, raqamlashtirib borish kerak
Qancha turadi?
Bu savol har doim birinchi so'raladigan va haqli savol!
Qisqa javob — biznesingizga va muammongizga qarab.
Oddiy CRM — $1000 dan boshlanadi. Murakkab ERP yoki maxsus tizim — $4,000 dan yuqori.
Lekin to'g'ri savol emas bu.
To'g'ri savol: Tizimsiz holda qancha yo'qotayapsiz?
Vitana misolida — yiliga 108 million so'm yo'qatoyatgan kompaniya edi. Tizim narxi? Bir oylik yo'qotishdan ham kam.
Qayerdan boshlash kerak?
Eng katta xato — hamma narsani bir vaqtda qilishga urinish.
Biz data365.uz'da har doim shunday qilamiz:
Audit — biznesingizni tushunish. Qaysi jarayon eng ko'p muammo keltirayotgani aniqlaymiz
Taklif — aniq narx va muddat beramiz. Hech qanday noaniqlik yo'q.
Tizim — jarayon qanday qurilayotganini real vaqtda ko'rasiz
Topshirish — xodimlar o'qitiladi, tizim ishga tushiriladi.
O'rtacha muddat an'anaviy AyTi kompaniyalar taklifidan 5-10x tezroq, hotirjam bo'ling
Xulosa
Biznesni avtomatlashtirish — bu kechiktiradigan narsa emas, hoziroq harakatni boshlash kerak
Har kuni tizim bo'lmay ishlash — har kuni pul yo'qotish demak.
Biz data365 — 5 yildan beri O'zbekiston bizneslarini avtomatlashtirib kelamiz. 150+ kompaniya. Turli sohalar. Bir xil natija — vaqt va pul tejash.
Biznesingiz uchun qaysi tizim mos ekanligini bilmoqchimisiz?
