DATA365
2021 · Toshkent

Korxonamiz haqida

data365 — bu biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirishga ixtisoslashgan zamonaviy texnologik kompaniya bo'lib, 2021-yil may oyida Toshkentda tashkil etilgan.

Bizning asosiy maqsadimiz — tadbirkorlarni ortiqcha operatsion yukdan ozod qilib, ularga eng muhim narsaga — biznesni rivojlantirishga e'tibor qaratish imkonini berish.

Missiya

Biz tadbirkorlarga no-code texnologiyalar orqali ish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali yordam beramiz, shunda ular vaqt va resurslarini yuqori qiymatli vazifalarga yo'naltira oladi.

Vision

data365 kelajakda butun musulmon dunyosida ishonchli no-code avtomatlashtirish kompaniyasiga aylanishni, kichik va o'rta bizneslar uchun asosiy hamkor bo'lishni maqsad qilgan.

Ko'plab biznes egalari:

  • vaqtni qo'lda bajariladigan ishlar bilan yo'qotadi
  • jarayonlar tartibsiz bo'ladi
  • xodimlar samaradorligi past bo'ladi

data365 bularni avtomatlashtiradi va:

  • vaqtni tejaydi
  • xarajatlarni kamaytiradi
  • biznesni tezroq o'sishiga yordam beradi

Xizmatlarimiz

Biz quyidagi yo'nalishlarda ishlaymiz:

SaaS tizimlar joriy qilish

MoySklad, Bitrix24, AmoCRM kabi tizimlarni sozlash va integratsiya qilish

No-code / Low-code ilovalar

AppSheet, Glide, FlutterFlow orqali tezkor biznes ilovalar yaratish

Veb-saytlar

Webflow, Framer, Tilda orqali zamonaviy va dizaynga boy saytlar

E-commerce yechimlar

Shopify asosida samarali va arzon online do'konlar

Telegram botlar

Biznes jarayonlarini soddalashtiruvchi mini avtomatlashtirilgan yechimlar

Qadriyatlarimiz

Natija birinchi o'rinda – mijoz uchun real foyda

Soddalik – murakkabni oddiy qilish

Sifat – kuchli UX va ishonchli backend

Xizmatlarimiz kimlar uchun?

Biznesida muammolarni sezayotgan tadbirkorlar

O'sishni xohlayotgan kompaniyalar

Jarayonlarini tizimlashtirmoqchi bo'lgan rahbarlar

150+

kompaniya bizga ishonch bildirgan va o'z biznesini yangi bosqichga olib chiqqan

Sizning biznesingiz uchun nima qila olamiz?

Bepul konsultatsiya oling va biz siz uchun eng mos yechimni taklif qilamiz.

Bog'lanish